• Sogboling.uz - bu interfaol xizmat bo'lib, uning vazifasi - tibbiyot xodimlarining Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan koronavirus bilan kasallangan bemorlarga munosabati va taqdim etilayotgan tibbiy xizmatlarsifati to'g'risida aktual ma'lumotlarni to'plash.
  • Foydalanuvchilar quyidagi toifalarda ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini baholashlari mumkin: oziqlanish, davolanish, yashash sharoitlari, dori-darmon ta`minoti, tibbiyot xodimlarining munosabati. Bundan tashqari, baholash jarayonida foydalanuvchilar fotosuratlar, video va audioyozuvlarni biriktirishlari mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar noqonuniy harakatlar yokitibbiy muassasalarda bo'lganlarida duch kelgan boshqa muammolar haqidaxabar berishlari mumkin.
  • Muammoni hal qilish to'g'risida qaror qabul qilish uchun foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan har bir signal batafsil ko'rib chiqiladi.